ГлавнаяТекст песниSardor Mamadaliyev - Bir kecha

Текст песни Sardor Mamadaliyev - Bir kecha

Sardor Mamadaliyev - Bir kecha
Yulduzli kechaga to‘libdi toring,
Kuygan yuragimning taftini olgin,
Meni tutaverar sening xumoring,
Ming kecha bo‘lmasa, bir kecha qolgin.

Ertani ko‘rish yo‘q, ham ortga qaytish,
Xayolga ergashib, telbadek daydish,
Hech kimga aytish yo‘q, hech kimga aytish,
Ming kecha bo‘lmasa, bir kecha qolgin.

Mayliga, shu oqshom yilga aylansin,
Orzularim oppoq gulga aylansin,
Ko‘nglim armonlari kulga aylansin,
Ming kecha bo‘lmasa, bir kecha qolgin.

Mayliga, shu oqshom yilga aylansin,
Orzularim oppoq gulga aylansin,
Ko‘nglim armonlari kulga aylansin,
Ming kecha bo‘lmasa, bir kecha qolgin.
Похожее
Sardor Mamadaliyev - Bir kecha